23:10 / 03.09.2017
7251

JCh-2018 saralashi. Niderlandiya Bolgariyaga 3ta, Shvetsiya Belarusga 4ta gol urdi

Foto: FIFA matbuot xizmati

2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining Yevropa mintaqasida A guruhida ikki uchrashuv o‘tkazildi. Niderlandiya o‘z maydonida Bolgariyani qabul qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Dik Advokaat shogirdlari 7-daqiqadayoq hisobni ochishdi, gol muallifi Devi Propper. «Qizil lolalar» jamoasining ikkinchi goli 67-daqiqada urildi — Aren Robben aniq zarba berdi. Mehmonlar 69-daqiqada Kostadanovning goli bilan javob qaytarishdi. 80-daqiqada Propper hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va Niderlandiya ochkolari sonini 13taga yetkazib uchinchi o‘ringa joylashdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Shvetsiya yirik hisobdagi g‘alabani nishonladi 4:0.

G‘oliblar safida gollari Emil Forsberg, Kristoffer Nyuman, Markus Berg va Andreas Grankvist tomonidan urildi. Bu yirik mag‘lubiyatdan keyin Belarus turnir yo‘llanmasidan umid uzdi.

Ayni vaqtga kelib A guruhida turnir jadvali quyidagi ko‘rinishda: 1. Shvetsiya – 16 ochko (8 o‘yin); 2. Fransiya – 16 (7); 3. Niderlandiya – 13 (8); 4. Bolgariya – 12 (8); 5. Belarus – 5 (8); 5. Lyuksemburg – 4 (7).

JCh-2018 saralashi
Yevropa, 8-tur

Niderlandiya – Bolgariya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 7 Propper, 2:0 – 67 Robben, 2:1 – 69 Kostadinov, 3:1 – 80 Propper.
Niderlandiya – Sillessen, de Vrey, Blind, Tete, Xudt, Trindade, Propper (van Ginkel, 86), Robben, Veynaldum, Promes, Yanssen.
Bolgariya – Iliyev, Terziyev, Bojikov, Zanev, Manolev (Galabinov, 61), Tsvetkov (Slavchev, 25), Chochev, Popov, Zexirov (Milanov, 46), Kostadinov, Popov.
Ogohlantirishlar: Terziyev (33), Trindade (54), Manolev (58), Milanov (73), Chochev (78), Popov (83).

Belarus – Shvetsiya 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 18 Forsberg, 0:2 – 24 Nyuman, 0:3 – 37 Berg, 0:4 – 84, penalti Grankvist.
Belarus – Chernik, Filipenko, Sivakov, Burko, Sachivko, Korzun, Rios, Nexaychik (Dragun, 46), Balanovich (Savitskiy, 61), Saroka, Signevich (Bykov, 78).
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Durmaz (Klasson, 67), Larsson, Yuxansson (Svensson, 69), Forsberg, Nyuman, Berg (Telin, 85).
Ogohlantirishlar: Nyuman (30), Filipenko (67), Chernik (84), Korzun (86).

Top