10:44 / 03.09.2017
6379

JCh-2018 saralashi. Uels 7-turga kelib ikkinchi g‘alabasiga erishdi

Foto: FIFA matbuot xizmati

Uels terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash o‘yinlari doirasida 7-turni Avstriyaga qarshi o‘tkazdi. Kardiffdagi «Kardiff Siti» stadionida kechgan uchrashuv 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol o‘yinning 74-daqiqasida uelsliklarning 17 yoshli hujumchisi Benjamin Vudbyorn tomonidan urildi.

Bu g‘alaba Uels uchun 7 turda ikkinchi g‘alaba bo‘ldi. Endi uelsliklar 2 g‘alaba va 5 durang qayd etgan holda D guruhida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi (11 ochko).

Gurjiston Irlandiya bilan durang o‘ynadi. Tbilisidagi «Dinamo-Arena — Boris Paychadze» stadionida kechgan uchrashuvda tomonlar bittadan gol urishdi - 1:1.

O‘yinning 4-daqiqasida Sheyn Daffi irlandlarni oldinga boshladi, ammo 34-daqiqada Valeriy Kazaishvili hisobni tenglashtirdi.

Parallel kechgan uchrashuvda D guruhi yetakchisi Serbiya Moldovani yirik hisobda yengdi (3:0). Gollarga Miyat Gachinovich, Aleksandar Kolarov va Aleksandr Mitrovich muallif bo‘lishdi.

D guruhidagi vaziyat: 1. Serbiya – 15 ochko (7 o‘yin); 2. Irlandiya – 13 (7); 3. Uels – 8 (6); 4. Avstriya – 8 (6); 5. Gurjiston – 4 (7); 6. Moldova – 2 (7).

JCh-2018 saralashi
G guruhi, 7-tur

Uels – Avstriya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 74 Vudbern.
Uels – Xennessi, Richards (King, 46), Chester, Uilyams, Devis, Lourens (Vudbern, 69), Remzi, Beyl, Edvards, Ganter, Vouks (Robson-Kanu, 69).
Avstriya – Lindner, Alaba, Xinteregger, Predl (Danzo, 27), Layner, Zabittser (Gregorich, 79), Ilzanker, Arnautovich, Baumgartlinger, Dragovich, Xarnik (Yanko, 81).
Ogohlantirishlar: Predl (25), Chester (25), Baumgartlinger (83).

Gurjiston – Irlandiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 4 Daffi, 1:1 – 34 Kazaishvili.
Gurjiston – Makaridze, Kakabadze, Kverkveliya, Kashiya, Navalovskiy, Kazaishvili (Xocholava, 90), Jigauri (Chanturiya, 75), Ananidze, Gviliya, Kvekveskiri, Kvilitaya (Merebashvili, 85).
Irlandiya – Rendolf, Kristi, Daffi, Klark, Uord, Arter (Makgidi, 61), Makkleyn, Breydi, Uelan (Merfi, 79), Uolters, Long.
Ogohlantirishlar: Kvekveskiri (37), Jigauri (62), Makkleyn (76).

Serbiya – Moldova 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Gachinovich, 2:0 – 30 Kolarov, 3:0 – 81 Mitrovich.
Serbiya – Raykovich, Nastasich, Ivanovich, Maksimovich, Kolarov, Gachinovich, Matich (Radoya, 77), Kostich, Gudel, Tadich (Lyayich, 66), Mitrovich (Priyovich, 82).
Moldova – Chebanu, Posmak, Armash, Yepuryanu, Anton (Bugayev, 81), Chebotaru, Kojokar (Karp, 75), Ionitse, Kochuk (Antonyuk, 59), Dedov, Ginsar.

Mavzuga oid
Top