11:50 / 03.09.2017
28989

Jizzax viloyati bosh soliqchisi va Mirzacho‘l tumani hokimi ishdan olindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga tashrif buyurdi. O‘zA xabariga ko‘ra, tumandagi «Taraqqiyot manzarasi» fermer xo‘jaligi dala shiyponida viloyat, tuman hokimlari, ichki ishlar, prokuratura, soliq organlari mutasaddi rahbarlari, fermerlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, unda 4ta sektor faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

«Tuman aholisini nima hisobidan boqishni rejalashtiryapsizlar?», deya tuman rahbarlariga yuzlangan prezident.

«Shundan kelib chiqib bugungi kunda fermer xo‘jaliklari bilan ishlash tizimini o‘zgartirish, hisob-kitobni o‘z vaqtida olib borish, hududlarning eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Viloyatdagi har bir rahbar odamlar bilan uyma-uy yurib ishni tashkil etishi lozimligi ta'kidlandi», — deyiladi «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot 24» dasturida.

Ma'lum qilinishicha, yig‘ilishda shaxsiy javobgarlik va mas'uliyatini unutgan qator rahbarlar, xususan, Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Abduvalijon Mustanov, Mirzacho‘l tumani hokimi Rustam Kenjayev hamda Mirzacho‘l tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Mavzuga oid
Top