23:21 / 04.09.2017
13906

AQShning BMTdagi vakili: Kim Chen In urush boshlanishiga erishmoqchi

Foto: AFP 2017 / Jewel Samad

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z xatti-harakatlari bilan urushga erishmoqchi, deb aytdi AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli.

“Uning raketa va yadroviy tahdidlar bilan suiste'mol qilishi uning urushga erishmoqchiligini ko‘rsatadi. Urush AQSh istayotgan narsa emas, biroq biz ittifoqdoshlarimiz va o‘z hududimizni himoya qilamiz”, deb aytgan Xeyli.

U BMT Xavfsizlik kengashini Shimoliy Koreyaga nisbatan maksimal qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi.

“BMT Xavfsizlik kengashi a'zolariga aytmoqchiman: shuncha chidaganimiz yetar. Bosiqlik bilan yondashuvni sinab ko‘rdik va istaklarimiz ezgu bo‘lganiga qaramasdan, u foyda bermadi. Biz Shimoliy Koreya tuzumi bilan ko‘plab to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ko‘p tomonlama muzokaralarda ishtirok etdik va har gal ular ish bermadi”, deb qo‘shimcha qildi Xeyli. 

Xeylining ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya bilan biznes olib boradigan istagan davlatni Shimoliy Koreya yadroviy dasturiga sherik deb hisoblash kerak. 

Shuningdek, u Pxenyanning raketa va yadro sinovlari to‘xtatilishi evaziga AQSh va ittifoqdoshlarining mashg‘ulotlarini to‘xtatish fikrini “haqoratomuz” deb atadi. Bunday taklifni Rossiya va Xitoy bildirgandi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington o‘zini va ittifoqdoshlarini himoya qilish uchun barcha choralar, jumladan yadro qurolini qo‘llashga tayyorligini aytgan. Shimoliy Koreya vodorod jangovar kallagini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazganini ma'lum qilgandi.  

Seul bu sinovlarni qat'iyan qoralagan, Tokio esa ularni “xalqaro hamjamiyatga ochiqchasiga tahdid” deb atagan. Moskvada esa “Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyat ortidan jiddiy kuzatilayotgani” ta'kidlab o‘tilgan va sanksiyalarni kuchaytirish o‘rniga barcha manfaatdor tomonlarning bevosita muloqoti variantlarini izlashga chaqirilgan.

Mavzuga oid
Top