15:02 / 04.09.2017
5158

Alcraft Buyuk Britaniyaning “Tesla”si bo‘lmoqchi

Foto: Kolesa.ru

Britaniya startapi 2019 yildan o‘z loyihasidagi elektromobillarni ishlab chiqarishni qo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Loyihani amalga oshirish esa kraudfanding asosida ishlab chiqariladi.

Alcraft Motor startapida bundan avval boshqa avtomobilsozlik kompaniyalarida menejyerlik lavozimlarini egallaganlar to‘plangan. Ular o‘zlarining ilk loyihalari – elektrli GT superkarini namoyish etishdi. 

Startapga tibbiyot sohasi mutaxassisi bo‘lgan tadbirkor Devid Elkraft asos solgan. Bundan tashqari, unda sportkarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan Morgan kompaniyasidan Charlz Morgan ham bor. Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar jamiyatining Toyota, Michelin va Daewoo kompaniyalarida faoliyat yuritgan a'zolari Kristofer Makgouen va Mark Karberi ham yangi startap vakillaridir. 

Foto: Kolesa.ru

Alcraft Motor texnik jihatlarini ishlab chiqish maqsadida Delta Motorsport bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi. Bu kompaniya mashhur Silverstoun poyga trassasi yaqinida joylashgan bo‘lib, Jaguar Land Rover kompaniyasiga Range Rover Evoque va Jaguar C-X75 superkari elektrokarlarini ishlab chiqishda yordam bergan. Hamkorlar ro‘yxatida Sevcom, KS Composites, Continental va Michelin kabi boshqa qator taniqli firmalarni ko‘rish mumkin.

Foto: Kolesa.ru

Hozircha, Alcraft ixtiyorida bo‘lg‘usi modelning 1:3 nisbatdagi modeli bor. Ayni vaqtda loyiha uchun pul Indiegogo onlayn maydonida to‘planmoqda. 10 funtdan 25 ming funtgacha bo‘lgan sarmoya uchun turli ko‘rinishda sovg‘alar, masalan, qo‘l soatlari, elektrovelosipedlar, va hatto Alcraft GT prototipida sayr qilish imkoniyatini taqdim etishmoqda. Umuman, 2 oy mobaynida jami 600 ming funt sterling (777 ming AQSh dollari) miqdorida mablag‘ yig‘ish rejalashtirilgan. 

Foto: Kolesa.ru

Loyihaning o‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, gap shooting brake kuzovidagi 2+2 o‘rindiqli elektromobil haqida bormoqda. Unga jami quvvati 600 ot kuchini tashkil etadigan 3 ta elektromotor o‘rnatiladi. Uning yukxonasi sig‘imi 500 litrni tashkil etadi. U tezligini soatiga 100 kmga yetkazishi uchun 3,5 soniya kifoya qilishi kerak. Bir marta quvvatlangach, 480 kilometr masofani ortda qoldirishi aytilmoqda. Alcraft GT sportkarining taxminiy narxi 130-145 ming funt (175 ming-188 ming dollar) atrofida bo‘ladi. 

Foto: Kolesa.ru

Kompaniya 6 sentabr kuni tashkil etiladigan maxsus Low Carbon Vehicle Event ko‘rgazmasida barcha ma'lumotlarni oshkor etishini aytmoqda. O‘sha kuni Yaponiyaning Nissan kompaniyasi ikkinchi avlod Nissan Leaf elektrokarini namoyish etadi.

Foto: Kolesa.ru
Foto: Kolesa.ru
Foto: Kolesa.ru
Mavzuga oid
Top