19:07 / 04.09.2017
67077

Ilon Mask Putinning so‘zlaridan so‘ng Uchinchi jahon urushi boshlanishini bashorat qildi

Foto: Reuters

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sun'iy idrok haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

Putinning ma'lum qilishicha, kim sun'iy idrok sohasida yetakchiga aylansa, «dunyo hukmdori» bo‘lishi mumkin.

«Xitoy, Rossiya, barcha davlatlar yaqinda kompyuter fanlarida kuchayadi. Milliy darajada sun'iy idrok sohasidagi ustunlik uchun raqobat katta ehtimol bilan Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘ladi», - deya yozdi u tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq Ilon Mask Hyperloop kapsulasining tezlik bo‘yicha yangi rekordini o‘rnatgandi.

Top