12:26 / 04.09.2017
7113

Hindiston-Xitoy​ ziddiyati vaqtincha «bartaraf» etildimi?

Foto: Reuters

Hindiston-Xitoy chegarasida paydo bo‘lgan muammo BRICS sammitiga sanoqli kunlar qolganda sun'iy ravishda bartaraf etildi. Har ikki tomon ham harbiylarini chegara qismdan uzoqlashtirdi, bu holat Si Tszinpin uchun bir pog‘ona ustunlik berib, sammit samaradorligini oshirishi mumkin. Ammo butun dunyo yalpi ichki mahsulotining 29 foizlik ulushini o‘zida jamlagan BRICS'ga a'zo davlatlar G7 - «Katta yettilik» davlatlariga qarshi tura oladimi?

O‘tgan 10 yil davomida BRICS davlatlari iqlim o‘zgarishi shartlariga rioya qila boshladi va Xalqaro Valyuta fondidagi o‘z pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. Shunga qaramay, jahon bozori ishtirokchilari orasida Janub-sharqiy Osiyo davlatlarining birlashmasi (ASEAN), Ko‘rfaz hamkorligi tashkilotlari ham bor bo‘lib, proteksionizmni qo‘llab kelmoqda.

Xitoyning megaloyihasi aynan hindlar tomonidan tanqid ostiga olingandi. Hukumat «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini Xitoyning iqtisodiy ekspantsiyasi hamda joylarda geosiyosiy ta'sirini oshirishga harakat qilish sifatida qabul qilgan. Pokiston va Kashmir bilan tuzilgan alohida loyihalar ham Hindiston rasmiylarini tashvishga soladi.

Top