21:14 / 04.09.2017
3598

Ispaniya sohillari yaqinida 61 muhojir qutqarib qolindi

Foto: AP Photo / Carlos Sanz

4 sentabrda Ispaniya sohillari yaqinida 61 muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda dengizdagi qutqaruv xizmati ma'lum qilgan.

O‘rta yer dengizining g‘arbiy qismida bortida 47 kishi bo‘lgan qayiq aniqlangan. Muhojirlar Kadis viloyatidagi Tarif  portiga olib ketilganlar. Bundan avvalroq Tarifdan bir necha mil uzoqlikda bortida 7 kishidan bo‘lgan ikkita qayiq aniqlangan.

Joriy yilda O‘rta yer dengizi orqali Ispaniyaga migratsiya oqimi keskin oshdi. Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, yanvardan avgust oxirigacha Ispaniyaga dengiz orqali 8385 kishi kelgan, 121 kishi yo‘lda halok bo‘lgan. O‘tgan yilning shu davri ichida Ispaniyaga 3805 kishi kelgandi, 116 kishi yo‘lda halok bo‘lgandi.

Joriy yil boshidan Yevropaga dengiz yo‘li orqali kelgan muhojirlar soni 121 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 98 mingdan oshiqrog‘i Italiyaga kelgan. 2410 kishi esa yo‘lda halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top