Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Myanmada rohingya musulmonlarining ommaviy qirg‘iniga o‘z instagramidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya davomida izoh berdi. Bu haqdagi videoyozuv YouTube’da joylashtirildi.
«Agar Rossiya jinoyatlarni amalga oshirayotgan shaytonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, men uning pozitsiyasiga qarshiman. Sababi menda o‘z pozitsiyam va o‘z qarashlarim bor», - dedi u.
Shu bilan birga, uning ishonch bildirishicha, hech kim «qotillar va zo‘ravonlarni» qo‘llab-quvvatlamaydi.
Avvalroq Ramzan Qodirov Myanma hukumatiga murojaat qilgandi.