15:42 / 04.09.2017
20746

Samsung'dan ikki kamerali hamyonbop smartfon (suratlar)

Foto: Youtube/Cambo Report

Ikki kamerali smartfonni qo‘lga kiritishni istaganlarning hammasida ham eng zamonaviy xomashyodan ishlangan flagman modelini xarid qilish imkoni yo‘q. Boz ustiga, shisha korpus, maksimal imkoniyatlar jamlangan superaniq ekran va boshqa xususiyatlar uchun qo‘shimcha to‘lov kiritish hammaga ham ma'qul kelavermaydi. Biroq hech qaysi kompaniya o‘z xaridorlarini yo‘qotgisi kelmaydi, shu jumladan ikki asosiy kamerali Galaxy J7+ smartfonini taqdim etgan Samsung ham. Mobil bozori yetakchilaridan birining yangi qurilmasi Xitoy brendlarining bozorga chiqib ulgurgan muqobillariga, ayniqsa yaxshi natijalarga erishayotgan  Xiaomi'ga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. 24gadjet shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Samsung Galaxy J7+ smartfoni 5.5 dyuymli Super AMOLED-displey (1920 × 1080 pikselli Full HD), 2.4 GGts chastotali 8 yadroli protsessor, 4 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega. 

Foto: Youtube/Cambo Report

Asosiy ikki kamera f/1.7 diafragmali 13 megapikselli modul va f/1.9 maksimal yorug‘lik kuchiga ega yordamchi 5 megapikselli sensordan iborat. Frontal kamera f/1.9 apertura va LED-vspishkali 16 Mp'li datchik bilan jihozlangan. Yangi qurilmaga Galaxy Note 8 flagmanidan loyqa fon effektini yaratishga imkon beruvchi Live Focus (jonli fokus) funksiyasi o‘tgan.

Foto: Youtube/Cambo Report

Qurilmaning qolgan texnik xususiyatlari quyidagicha: simsiz tarmoq modullari - Wi-Fi b/g/n, Bluetooth 4.2 va  NFC, GPS navigatsiyasi, LTE modemi. Ikki SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator sig‘imi - 3000 mAs. Ekran ostidagi tugmaga barmoq izlari skaneri integratsiyalashtirilgan. Smartfon shuningdek Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi va Bixby ovozli yordamchisi bilan ta'minlangan.

Foto: Youtube/Cambo Report

Smartfon o‘lchamlari 152.4 × 74.7 × 7.9 mm'ni tashkil qiladi, og‘irligi - 178 gr. Qurilma uch xil rangda taqdim etiladi: qora, pushti va tillarang. Yangi smartfon narxi -  390 dollar atrofida. 

Foto: Youtube/Cambo Report
Foto: Youtube/Cambo Report
Foto: Youtube/Cambo Report
Foto: Youtube/Cambo Report
Foto: Youtube/Cambo Report
Foto: Youtube/Cambo Report

Mavzuga oid
Top