10:41 / 04.09.2017
12321

Toshkentdagi 31 maktabning 2904 nafar 1-sinf o‘quvchisiga "Prezident sovg‘asi" topshirildi

Foto: KUN.UZ

2017 yil 2 sentabr kuni Toshkent tumani xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 31 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Bilimlar kuni” tadbiri “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirlar soat 8.00 da Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Tadbirlarda jami 23823 nafar o‘quvchi, 2904 nafar 1-sinf, 504 nafar 10-sinf o‘quvchilari, 3320 nafar o‘quvchilarning ota-onalari, shuningdek  tuman hokimligi, tuman xalq ta'limi bo‘limi, tuman prokuraturasi, tuman IIB xodimlari, mahalla raislari, maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari  ishtirok etishdi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Tadbirlarda 2904 nafar 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘a”si taqdim etildi. Shuningdek 504 nafar 10 sinf o‘quvchilarining har biriga konstitutsiya kitobi sovg‘a qilindi. 502 nafar 10-sinf o‘quvchilarining ota-onalariga 1 donadan gullar taqdim etildi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Tadbirdan so‘ng barcha sinflarda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya asosida “Mustaqillik” va “Xotira” darslari o‘tildi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Shu bilan bir qatorda 2017 yilning may-avgust oylarida tumandagi “HI-TECH KABEL” MChJ tomonidan kapital ta'mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan va o‘quvchilar bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirida Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari A.Sa'dullayev, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari S.Fayziyeva, tuman hokimi A.Shakirov, tuman prokurori, adliya kichik maslahatchisi A.Arizev, tuman IIB boshlig‘i X.Qodirov hamda tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri Z.Tovboyevlar ishtirok etishdi.

Foto: KUN.UZ

Mazkur maktabning yuqori sinf o‘quvchilari uchun Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari A.Sa'dullayev tomonidan “Mustaqillik” va “Xotira” darsi yuqori saviyada o‘tildi.

Top