21:37 / 04.09.2017
26936

“O‘z joniga qasd qilganlar poyezdi” videosi foydalanuvchilarni hayratlantirdi (video)

Internetda juda qing‘ir-qiyshiq temir yo‘l izlari bo‘ylab ketayotgan poyezd tasvirlangan antiqa video ommalashmoqda. Dastlab poyezd bu izlardan harakatlana olayotganiga va umuman buning iloji borligiga ishonish qiyin, axir fizika qonunlariga ko‘ra bunday izlarda ketayotgan poyezd ag‘darilib tushishi kerak.

Bir necha soat ichida ushbu videoni 3 mln dan ko‘proq odam tomosha qilgan, yana 25 ming foydalanuvchi unga “layk” belgisini qo‘ygan.

Ushbu videoga qoldirilgan izohlardan u foydalanuvchilarni hayratlantirgani aniq. Mana, shu izohlardan ba'zilari: “Qiziq, bu qayerda yuz bermoqda?”, “Men bunday poyezdda yurib ko‘rgan bo‘lardim”, “Menimcha, u fizikaning barcha qonunlarini chippakka chiqarmoqda”, “Bu dunyoda nimalar sodir bo‘lmoqda?”, “Bu dahshatli tejamkor-sinf shekil”, “O‘z joniga qasd qilganlar uchun temir yo‘l”.

Mavzuga oid
Top