10:15 / 05.09.2017
35715

BRIKS: dollarsiz kelajak sari

Foto: Reuters

Xitoy o‘zining hozirgi va bo‘lg‘usi hamkorlari uchun kamalak ranglarni namoyish etishda davom etmoqda. XXRning Syamen shahrida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammitida kelgusi o‘n yillik «oltin yillar» deb e'lon qilindi. Investitsiyalar o‘sadi, iqtisodit «ko‘k» va «yashil» bo‘ladi, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarda milliy hamda kriptovalyutalarga o‘tadi. Ipak yo‘li esa Pekindan Berlingacha cho‘ziladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash uchun BRIKS telekanalini tashkil etish g‘oyasi ham ilgari surildi. Bu haqda Gazeta.ru saytida tahliliy maqola e'lon qilindi.

5 ta eng yirik rivojlanayotgan mamlakatlar sammiti «BRIKS: yorqin kelajak uchun mustahkam hamkorlik» shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, sammit davomida shiorning xitoychadan tarjimasiga tuzatishlar kiritildi va endilikda u «BRIKS: bulutsiz kelajak uchun hamkorlikni mustahkamlash» degan ko‘rinishga keldi. 

BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR - BRHXJ) a'zolarining hamkorligi naqadar mustahkamligini isbotlashga zarurat yo‘q. Aytish mumkinki, Doklam platosidagi Hindiston-Xitoy chegara ziddiyati sammitning yorqin o‘tishiga xalaqit bermadi. 

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi XXR raisi Si Tszinpin taklifini qabul qilib, Syamenga keldi. 

Kelgusi 10 yillikni to‘g‘ri ma'noda «oltin davr» bo‘ladi, deyish mumkin. Xitoy taraqqiyot uchun mlrdlab dollar sarmoya kiritadi, dollarning o‘zi esa kriptovalyutaga almashadi. Yadro kallakli raketalarning nazoratsiz parvozlariga yo‘l qo‘yilmaydi: BRIKS yetakchilari «KXDR tomonidan o‘tkazilgan yadro sinovini qoralab», bu kabi muammolarni, sammitning yakuniy deklartsiyasida qayd etilganidek, tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirishdi. 

Shu bilan birga, kelasi 10 yilda BRIKS davlatlari iqtisodiyoti ham tubdan o‘zgaradi. U bir vaqtning o‘zida «ko‘k» va «yashil» tusli bo‘ladi. «Yashil iqtisodiyot» — bu muqobiil energetika va energiya tejamkor texnologiyalarni anglatsa, «ko‘k iqtisodiyot»da — biotexnologiyalar, dengiz turizmi, suv xo‘jaligi (xususan, baliqchilik yoki dengiz karami yetishtirish) tushuniladi.

BRIKS, shuningdek, dollarga qaramlikka barham berishni rejalashtirmoqda. Albatta, bu jarayon asta-sekinlik bilaan bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Bunda dastlab BRIKS va BRIKS+ mamlakatlari (Misr, Gvineya, Meksika, Tojikiston va Tayland) bilan o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechiladi. Bu jarayonda yuan va boshqa valyutalar, jumladan kriptovalyutalardan foydalanish imkoniyati kengayadi. 

Top