09:52 / 05.09.2017
4941

«Izvestiya»: rossiyaliklarning 1/3 qismi moliyaviy ahvolini salbiy baholanmoqda

2017 yil ikkinchi choragida 2 ming nafar rossiyalikdan 29 foizi o‘zining moliyaviy ahvolini salbiy baholadi. Bu haqda Rossiya ijtimoiy tahlil va prognozlash instituti tadqiqotida so‘z yuritilgan, deb yozadi «Izvestiya» gazetasi.

Aniqlik kiritilishicha, so‘ralganlarning 29 foizi oilasining moddiy ahvolini yomon yoki juda yomon ekanini qayd etgan. Shunday ko‘rsatkich 2012 yilda ham qayd etilgan edi. 

Aytish joizki, 2015 va 2016 yillarda 33 foiz rossiyaliklar o‘z turmush darajasini past deb baholagan, 2014 yilda bu raqam 24 foizni tashkil etgan. 

Top