09:06 / 05.09.2017
6631

Montevideoda 23 yil qochoqlikda yurgan italyan mafiyasi yetakchisi qo‘lga olindi

Urugvay politsiyasi italyan mafiyasining eng qidiriluvchi yetakchilaridan biri, 23 yil qochoqlikda yurgan Rokko Morabitoni qo‘lga oldi. Mafioz Montevideoda ushlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, Italiya va Urugvay maxsus xizmatlarining Morabitoni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyasi 6 oydan ko‘proq davom etgan. Morabito oxirgi o‘n yillarda Urugvayda Braziliyaning qalbaki pasporti bo‘yicha yashagan.

Rai News’ning xabar qilishicha, Morabito 1988 yildan 1994 yilgacha Milanga bir necha tonna giyohvand modda yetkazilishini tashkillashtirgan va shaharda uni tarqatish bo‘yicha tarmoqni yo‘lga qo‘ygan. 

Mavzuga oid
Top