16:28 / 05.09.2017
6579

Turkiyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar nega davom ettirilmasligi aytildi

Foto: Reuters

Turkiyadagi zamonaviy siyosiy vaziyat bu davlatning Yevroittifoqqa qo‘shilishi borasidagi muzokaralarni davom ettirish imkoniyatini bermayapti. Bu haqda Fransiya hukumatining rasmiy vakili Kristof Kastaner ma'lum qildi.

"Biroq bir narsani aniq aytish mumkin: Turkiyadagi siyosiy vaziyat bugun, bizning haqiqiy manfaatlarni hisobga olgan holda muzokaralarni davom ettirish, fikrlash almashinuvi imkoniyatini bermayapti", - deya ma'lum qildi Kastaner France Inter radiostansiyasi efirida.

Siyosatchining ta'kidlashicha, Yevropa hamda Turkiyaning umumiy muloqotini davom ettirish lozim, biroq "Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi borasidagi muzokaralar baribir to‘xtatilgan". "Bugungi haqiqiy vaziyat shunday", - deya qo‘shimcha qildi Kastaner.

Uning aniqlik kiritishicha, Turkiya bilan muzokaralar so‘nggi yillarda "vaqtni bekorga sarflash" bo‘lgan. "Biz so‘nggi o‘n yilda Turkiyadan Fransiyadagi siyosiy pozitsiyani oqlash uchun hamma baloga giriftor sifatida foydalandik. Biz Turkiyadan qo‘rqitishi uchun foydalandik, aslida esa Turkiya bizning umumiy tariximiz bir qismidir", - deya ma'lum qildi Kastaner.

Avvalroq Merkel Turkiyaga sanksiyalar bilan tahdid qilgandi.

Top