11:45 / 06.09.2017
120699

Bank shoxobchalaridan pasportsiz qancha miqdorda dollar sotib olish mumkin?

Foto: Facebook / Davronbek Tojialiyev

KUN.UZ tahririyatiga kelib tushgan ishonchli ma'lumotga ko‘ra, bugun, 6 sentabrdan boshlab O‘zbekistondagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali eng kam 500 oylik ish haqi (9360 AQSh dollarigacha) qiymatdagi valyutasini xarid qilayotgan mijozlardan pasport talab qilinmaydi.

Bungacha bu raqam eng kam 100 oylik ish haqi (1875 AQSh dollari edi)ga teng edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra 5 sentabrdan e'tiboran jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion bo‘limlarida xorijiy valyutani erkin sotish va xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Xayr qora bozor. Banklarda valyuta sotuvi boshlandi

 

Mavzu
Erkin konvertatsiya

Joriy yil 5 sentabridan boshlab O‘zbekiston fuqarolari valutani cheklanmagan miqdorda sotib olishi va sotishlari mumkin. Prezidentning erkin konvertatsiya to‘g‘risidagi farmoni kuchga kirdi

Barchasi
Mavzuga oid
Top