20:20 / 06.09.2017
21463

Fotojamlanma: AQSh eng kuchli dovulning kelishiga qanday hozirlik ko‘rmoqda?

So‘nggi yuz yillikdagi eng kuchli atlantik bo‘ronlardan biri hisoblangan "Irma" dovuli Florida qirg‘oqlari tomon harakatlanmoqda. AQSh milliy dovullar markazidan xabar berilishicha, bugungi kunga kelib bo‘ronga maksimal - beshinchi toifa berilgan, shamol tezligi esa soatiga 300 kilometrga yetgan. 

Florida shtatida favqulodda vaziyat e'lon qilingan. U yerga Milliy gvardiyaning 7 mingdan ziyod jangchisi safarbar etilgan. Keng ko‘lamli evakuatsiya ketmoqda. AQSh aholisi shoshilinch suv va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilmoqda, do‘kon rastalari bo‘shab bormoqda. Mahalliy aholi o‘z uylarini mustahkamlab, derazalarni yog‘och va metall plastinalar bilan yopmoqda. «Gazeta.Ru» AQShda tabiiy ofat kelishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilayotganiga oid fotojamlanmasi va ma'lumotlari bilan bo‘lishdi. 

«Irma» dovuli, 5 sentabr 2017 yil. Sun'iy yo‘ldoshdan olingan surat.

NOAA/Reuters

Florida shtati Xaayalia shahridagi supermarketda odamlarning keti uzilmayapti, 5 sentabr 2017 yil

Alan Diaz/AP

Mayamidagi Kichik Havana tumanidagi supermarketlardan biridagi bo‘sh rastalar, 5 sentabr 2017 yil

 Joe Skipper/Reuters

Ayol ichimlik suvi solingan butilkalarni o‘z avtomobili yukxonasiga joylamoqda. Mayami, Florida shtati, 5 sentabr 2017 yil

 Joe Skipper/Reuters

«Irma» dovuli, 5 sentabr 2017 yil. Sun'iy yo‘ldoshdan olingan surat

 U.S. Navy

Mayamidagi Kichik Havana tumanidagi supermarketlardan biridagi bo‘sh rastalar, 5 sentabr 2017 yil

Joe Skipper/Reuters

Qurilish materiallari do‘koni xodimi qum solingan qoplarni mashinaga joylashga yordam bermoqda. Mayami, AQSh, 5 sentabr 2017 yil

 Joe Skipper/Reuters

Qurilish materiallari do‘konlaridan birida faneraga navbat. Mayami, AQSh, 5 sentabr 2017 yil

 Joe Skipper/Reuters

Ki-Largoda avtomobillar tirband, Florida shtati, AQSh. 5 sentabr 2017 yil

Alan Diaz/AP

«Irma» dovuli Florida tomon harakatlanmoqda, 5 sentabr 2017 yil. Sun'iy yo‘ldoshdan olingan surat

NASA/Reuters

Serfsayd-Bichdagi supermarketlardan biridagi bo‘sh rastalar, Mayami, AQSh, 5 sentabr 2017 yil

Wilfredo Lee/AP

Xayalia shahridagi supermarketdagi navbat, Florida shtati, 5 sentabr 2017 yil

Alan Diaz/AP

Xayalia shahridagi do‘konlardan biri oldidagi xaridorlar, 5 sentabr 2017 yil

Alan Diaz/AP
Top