10:29 / 06.09.2017
17563

Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi chiqarildi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini hamda «O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish» chora-tadbirlari rejasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning merosiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari (9ta markadan iborat) kichik varaq ko‘rinishida tayyorlandi. Bu haqda «O‘zbekiston pochtasi» xabar bergan.

Pochta markalarida Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va voqealar mujassamlashgan.

Pochta markalari turkumining chiqarilishi «Oq saroy» oldidagi Islom Karimovga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasining va haykalining ochilishi vaqtiga to‘g‘ri keltirilgan.

Foto: O‘zbekiston pochtasi

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Kichik varaq uchun 4 xil rangdagi sovg‘abop buklet tayyorlangan (klyasser).

Foto: O‘zbekiston pochtasi

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan.Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 165x145mm. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. 

Top