21:04 / 06.09.2017
5257

Tennischi Endi Marrey 2017 yilda boshqa kortga tushmaydi

Foto: newsler.info

Sobiq birinchi raqamli tennischi, britaniyalik Endi Marrey jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishini aytdi. “Afsuski, men Pekin, Shanxay, Vena va Parijdagi musobaqalarda oyog‘imning son qismidagi jarohat tufayli o‘ynamayman. Bu jarohat meni oxirgi oylar bezovta qilayotgandi. Men mutaxassislar bilan maslahatlashib, jamoam bilan bu yili boshqa ishtirok etmasligimga qaror qildik”, deb yozdi “Katta dubulg‘a” musobaqalarining 3 karra chempioni feysbukda. 

Top