10:00 / 06.09.2017
12772

Tramp AQShga 4 trln dollarni qanday qaytarish mumkinligini aytdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning xorijdagi kapitalini qaytarish uchun soliq kodeksi isloh qilinishi lozimligini ma'lum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Biz hozir xorijda saqlanayotgan trillionlab dollarlarni qaytarishimiz lozim. Bu, mening o‘ylashimcha, 4 trln dollar. Bizning soliq kodeksimiz va stavkalar tufayli mamlakatga qaytishi mumkin bo‘lgan juda katta pullar», - deya ma'lum qildi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki soliq islohoti emas.

«Biz soliqlarni qisqartirish niyatidamiz. Aholi, jismoniy shaxslar, o‘rta daromadga ega oilalar uchun soliqlarni kamaytirmoqchimiz. Biz o‘z kompaniyalarimiz uchun soliqlarni pasaytiramiz, shunda ular ish o‘rinlarini yaratishlari mumkin bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Amerika rahbari.

Uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti bo‘lganidan so‘ng mamlakat xususiy sektorida 1,2 mln ish o‘rni yaratildi.

Avvalroq Tramp AQShdan barcha noqonuniy muhojirlarni haydab chiqarmoqchi ekani xabar berilgandi.

Top