09:12 / 06.09.2017
4848

Tramp Kongressga muhojirlarning deportatsiyasi masalasida 6 oy muhlat berdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp DACA – Qo‘shma Shtatlarga farzandlari bilan kelgan noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishdan muhofaza qiluvchi dasturni bekor qilish uchun Kongressga yarim yil muddat berdi. Bu haqda Tramp Twitter sahifasida yozdi

«Kongressning DACA dasturini bekor qilishi uchun olti oy vaqti bor. Agar ular buni hal eta olmasa, men bu masalaga yana qaytaman!», — deb yozgan prezident.

Bundan avval, AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns dastur bekor qilingani haqida aytgan edi.

Mavzuga oid
Top