21:30 / 07.09.2017
9506

Apple iPhone 8 displeyi uchun Samsung'ga 130 dollardan to‘lashga majbur

Amerikaning Apple korporatsiyasi OLED-ekranlar bozorida Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi monopoliyasiga duch keldi. Endi korporatsiya o‘zining asosiy raqibiga iPhone 8 displeyining har biri uchun 120-130 dollardan to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 

Samsung kompaniyasi OLED texnologiyasi uchun eng ko‘p patentga ega, deb yozadi appleinsider.com sayti KGI Securities tahlilchisi Min Chi Kuoning hisobotiga asoslanib. 

iPhone 7 Plus uchun suyuq kristall ekranlarning o‘ziyoq  Apple'ga 45-55 dollarga tushadi.  

Bloomberg'da ta'kidlanishicha, amerikalik gadjyet ishlab chiqaruvchisi kelgusida bu borada LG bilan hamkorlik qilishga umid qilmoqda. Biroq u kompaniya OLED-panellarni ishlab chiqarishga endigina kirishdi. Mutaxassislarga ko‘ra, Apple Samsung monopoliyasini 2019 yildan keyingina yengishi mumkin bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top