09:28 / 07.09.2017
48276

Aspirinning xavfli xususiyati topildi

Foto: Fotolia

Amerikalik tadqiqotchilar guruhi aspirinning xavfli xususiyatini topdilar, deb xabar berdi Journal of the Royal Society Interface nashri.

Olimlarning aniqlashicha, "Aspirin” markasi ostida mashhur bo‘lgan atsetilsalitsil kislotasining qabul qilinishi garchi yo‘g‘on ichakda salbiy yangi moddalar paydo bo‘lishi ehtimolini sekinlashtirsa ham, biroq o‘simta hujayralarining evolyutsion salohiyatini oshiradi. Shuning uchun so‘nggisi dori vositasi ta'siriga uchramaydigan o‘simtalar hujayralari bilan taqqoslaganda mutatsiyalashadi.

Shu tariqa, aspirin tufayli dori vositalariga chidamli bo‘lgan saraton hujayralari ulushi ko‘payadi.

Tadqiqot mualliflari bunday xulosalarga in vitro laboratoriya tajribalari davomida kelishdi. Endilikda, olimlar in vivo natijalarini tekshirishni rejalashtirishmoqda.

Top