19:50 / 07.09.2017
18585

Fotoreportaj: Toshkentda II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazilmoqda

2017 yilning 6-8-sentabr kunlari Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuasida II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Ko‘rgazmada AQSh, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya kabi qirqdan ortiq mamlakatdan qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan vazirlik va idoralar, savdo-sanoat palatalari, logistika kompaniyalari, meva-sabzavotchilik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya vakillari qatnashmoqda. 

Yarmarkani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy vazifalari:

— xorijiy hamkorlarni O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari  bilan tanishtirish;
- meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar va xorijiy import qiluvchi kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatli, istiqbolli va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish;
— meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha bitim va shartnomalar imzolashdir.

Yarmarkada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Namangan viloyati vakillari ham tadbirning ikkinchi kunidayoq ko‘zda tutilgan shartnomalarni ortig‘i bilan imzolashga ulgurishdi. Olma-anorlari bilan dong taratga mazkur viloyatning dehkonlari, tadbirkorlari, agro firmalari 20ga yaqin davlat bilan 120 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lishdi.

"KUN.UZ" muxbiri xalqaro yarmarkaning ikkinchi kunidan tayyorlagan fotoreportajni tomosha qiling.

Mavzuga oid
Top