21:19 / 07.09.2017
11000

“Irma” dovuli Barbuda orolini butkul vayron qildi

“Irma” dovuli Karib dengizidagi kichik Barbuda orolidagi deyarli barcha inshootlar va infratuzilmani vayron qildi. Bu haqda 7 sentabrda VVS ma'lum qildi.

Antigua va Barbuda orol davlati bosh vaziri Gaston Braunning aytishicha, hozirda orol yashashga yaroqsiz holga kelgan.

“Bu butkul vayrongarchilikdir. Orol tom ma'noda suv ostiga ketdi. Fikrimcha, hozir Barbuda hayot uchun yaroqsiz”, deb aytgan Braun.

Karib orollaridan yirikligi bo‘yicha uchinchi orol Sen-Martenning janubiy qismida aeroport vayron bo‘lgan.

Dovul oqibatida orol elektr ta'minotisiz qolgan. Karib orollarida tabiiy ofatdan hammasi bo‘lib 7 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top