08:51 / 07.09.2017
9937

“Irma” dovuli Karib orollariga yetib bordi, qurbonlar bor

Foto: AFP

Atlantika okeanida yuzaga kelgan “Irma” dovuli Fransiyaning dengiz orti hududlari Sen-Bartelemi va Sen-Marten orollariga yopirilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Gvadelupa viloyati prefektiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

“Biz 6 ta o‘limni qayd qildik”, deb aytgan prefekt Erik Mer va bu hali yakuniy ma'lumotlar emasligini qo‘shimcha qilgan.

Ma'lum qilinishicha, tabiiy ofat Sen-Marten oroli fransuz qismining 95 foizini vayron qilgan. 

Dovul oqibatida orollar elektr ta'minotisiz qolib ketgan. Toshqinlar vujudga kelgan, shamol uylarning tomini qo‘porib tashlagan.

Mutaxassislar fikricha, “Irma” yaqinda AQShning Texas shtatiga yopirilgan va 2005 yildan beri eng vayronkor deb hisoblangan va kuchli toshqinlarga olib kelgan “Harvi” dovulidan ham kuchliroqdir. 

Mavzuga oid
Top