15:15 / 07.09.2017
36985

KXDR AQShni ogohlantirdi

Foto: Reuters

KXDR tashqi iqtisodiy ishlar vaziri Kim Yon Jyening ma'lum qilishicha, mamlakat AQSh tomonidan sanksiyalar va bosimga kuchli choralar bilan javob qaytaradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«AQSh bizning davlatning hozirgi maqomini umuman esidan chiqarishi kerak emas. Biz atom va vodorod bombalariga egamiz, shuningdek, qit'alararo ballistik raketalarimiz bor», - dedi vazir Sharqiy iqtisodiy forum vaqtida jurnalistlarga.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning KXDRga nisbatan hozirgi siyosati AQSh yarim orolda urush boshlash maqsadida ekanini anglatadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya KXDRning yadro maqomini tan olmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Top