15:02 / 07.09.2017
36250

Magistratura talabasining ishlashi mumkinmi va unga qanday imtiyozlar bor?

SAVOL: Assalomu alaykum hurmatli KUN.UZ mutasaddilari. Mening savollarim quyidagilardan iborat: 1). Magistratura talabasi darsdan bo‘sh paytda biror joyda ishlashi mumkinmi? 2). Modomiki ishlashi mumkin bo‘lsa, talaba qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

Sanjarbek Bekturdiyev.

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining  249-moddasiga ko‘ra, ishlab chiqarishda kasbga doir ta'lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta'lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

Shuningdek, ushbu Kodeksning 249-moddasiga muvofiq, ta'lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta'tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

Savolga huquqshunos Umida Abdusalomova javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega. 

Top