Angliya Premer Ligasida joriy mavsumdagi eng tezkor futbolchilar ruyxati e'lon qilindi. Dastlabki turlarda bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan futbolchilar orasida Kayl Uolker 35.16 km/s tezlik bilan birinchi o‘rinda bormoqda. U yozda “Tottenhem” klubida “Manchester Siti”ga o‘tgan edi.
Qizig‘i, bu ko‘rsatkich borasida ikkinchi o‘rinni band etgan futbolchi ham yangi – Kike Femeniya shu yozda Ispaniyaning “Alaves” klubidan “Uotford” tarkibiga kelib qo‘shilgan.
Kuchli o‘ntalikda “Uotford”, “Bornmut”, hamda “Manchester Yunayted” klublaridan 2 nafardan futbolchi joy olgan.