12:00 / 07.09.2017
7224

Sindzo Abe ham KXDR bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: TASS

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe jahon hamjamiyatini KXDRga maksimal tarzda bosim o‘tkazishga chaqirdi. Bu Shimoliy Koreya yadro sinovlarini o‘tkazgani tufayli ro‘y berdi.

Bu haqda Abe Sharqiy iqtisodiy forum yalpi yig‘ilishida chiqish qilib, aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.

Yaponiya bosh vaziri jahon hamjamiyatini Shimoliy Koreyani yadro qurolidan voz kechishga majburlashga chaqirgan.

Avvalroq Avstraliya bosh vaziri ham KXDR bo‘yicha jahon hamjamiyatiga chaqiriq bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Top