13:05 / 07.09.2017
65137

Valyuta xarid qilmoqchi bo‘lganlarga hech qanday cheklov yo‘q

Konversion kartalarga har chorakda faqat 5 ming dollar sotib olinishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlar asossiz. 

«Kun.uz» eksperti jismoniy shaxslar tomonidan konversion kartalar orqali valyuta sotib olishga hech qanday cheklovlar mavjud emasligini ta'kidlaydi

Shuningdek, konversion kartaga cheklanmagan miqdorda valyuta sotib olinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki xabarlarda 5 sentabrdan respublikadagi tijorat banklari shoxobchalarida valyuta sotib olmoqchi bo‘lganlar har 3 oyda 5000 dollargacha mablag‘ olishi imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida aytilgandi.

Mavzu
Erkin konvertatsiya

Joriy yil 5 sentabridan boshlab O‘zbekiston fuqarolari valutani cheklanmagan miqdorda sotib olishi va sotishlari mumkin. Prezidentning erkin konvertatsiya to‘g‘risidagi farmoni kuchga kirdi

Barchasi
Mavzuga oid
Top