11:21 / 08.09.2017
9318

Meksika qirg‘oqlarida juda kuchli zilzila yuz berdi, sunami xavfi e'lon qilindi

Foto: iStockPhoto

Meksika qirg‘oqlarida 8 magnitudali juda kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati saytida xabar qilingan.

Yer silkinishi markazi Pixixyapan shahridan 96 kilometr janubi-sharqda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 35 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Kuchli zilziladan so‘ng sunami xavfi e'lon qilindi. Bu haqda sunamilar haqida ogohlantirish Tinch okeani markazi saytida xabar berilgan.

«Keng, xavfli to‘lqinlar yuzaga kelishi mumkin, sunami xavfi bor», - deyiladi xabarda.

Top