10:17 / 08.09.2017
56576

«Narxoz»ni tanqid qilgan deputat Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi

Foto: Facebook / Abduqodir Toshqulov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor etib tayinlandi. Bu ma'lumot Kun.uz ning bir necha manbalari tomonidan tasdiqlangan.

U bu lavozimda Mamat Eshqulovich Haydarov o‘rnini egallagan.

O‘z vaqtida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryodagi ishonchli vakili bo‘lgan Abduqodir Toshqulov  Facebook’dagi sahifasida uyushtirilgan onlayn muloqot davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) kirish test imtihonlarida qayd etilgan shubhali «tasodiflar»ga munosabat bildirib o‘tgandi.

Deputat «Narxoz»dagi ahvol bundan avval ham shunday bo‘lgani, test imtihonlari isloh qilinishi haqida gapirgandi.

Top