09:12 / 08.09.2017
7224

Politsiya Mayami aeroportida pichoq bilan qurollangan shaxsni o‘qqa tutdi

AQShning Mayami xalqaro aeroportida politsiya pichoq bilan qurollangan erkakka qarata o‘t ochdi, shundan so‘ng J terminali yopildi, deb xabar bermoqda Miami Herald.

Ta'kidlanishicha, erkak yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan.

Aniqlik kiritilishicha, aeroport yo‘lovchilari va xodimlari uchun ayni vaqtda tahdid yoki xavf yo‘q.

Avgustda Mayamida otishma tufayli savdo markazi evakuatsiya qilingandi.

Mavzuga oid
Top