12:11 / 08.09.2017
25868

Stiven Sigal Toshkentga keldi

Ertaga bo‘lib o‘tadigan "Asian fight 2017" musobaqasining faxriy mehmoni, taniqli kinoaktyor Stiven Sigal poytaxtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali sayti xabar bermoqda.

Aktyor bugun O‘zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti talabalari bilan uchrashdi. Shuningdek, Zangiota tumanidagi "BABOS" ot sporti saroyida Stiven Sigal ishtirokida master klass o‘tkaziladi. Shundan so‘ng Sayilgoh ko‘chasida bo‘lib o‘tadigan festival mehmoni bo‘ladi.

Avvalroq Van Damm O‘zbekistonga kela olmasligi, uning o‘rniga Stiven Sigal tashrif buyurishini xabar bergandik.

Top