09:22 / 09.09.2017
4973

AQSh KXDRga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar masalasini BMTda ko‘tarmoqchi

Foto: Reuters

AQSh 11 sentabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashiga KXDRga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ovoz berish uchun taqdim etadi. Bu haqda mamlakatning BMTdagi doimiy vakilligi xabar bermoqda.

«AQSh BMT Xavfsizlik Kengashini Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berish maqsadida uchrashuvni dushanba, 11 sentabr kuni chaqirish niyatida ekani haqida xabardor qildi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF KXDR yadro maqomini tan olmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top