10:33 / 09.09.2017
10672

Yaponiya KXDR bugun yangi raketa uchirishidan xavfsiramoqda

Foto: Reuters

Yaponiya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya respublika tashkil etilganining 69 yilligi munosabati bilan yangi ballistik raketa uchirishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu haqda mudofaa mahkamasi rahbari Itsunori Onodera ma'lum qildi.

«Shimoliy Koreyaning bayonotlari va harakatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, buni istisno etib bo‘lmaydi. Albatta, ogohlikni oddiy kunlarda ham saqlab turish muhim, biroq o‘tgan yili Pxenyan 9 sentabr kuni beshinchi yadro sinovini o‘tkazgandi», - deya Mudofaa vazirligi rahbari so‘zlarini keltiradi TASS.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe jahon hamjamiyatini KXDRga maksimal tarzda bosim o‘tkazishga chaqirgandi.

 

Mavzuga oid
Top