15:34 / 09.09.2017
23817

Chilonzor va Yashnobod tumani IIB boshliqlariga polkovnik unvoni berildi 

O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan IIV tizimidagi qator xodimlarga «polkovnik» maxsus unvoni berildi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan quyidagi xodimlarga «polkovnik» maxsus unvoni berildi:

Usmon Gapparov – IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,

Shaxrux Giyasov – IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, 

Muzaffar Muhammadjanov – Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Moliyaviy va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i,

Saydolim Zingirov – Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i,

Shovkat Mavlyanov – Toshkent shahar Chilonzor tumani IIB boshlig‘i,

Qodirxo‘ja Xashimov – Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB boshlig‘i,

Jamshid Jo‘rayev – Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri,

Kamil Seydametov – Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i,

Hamidjon Anvarov – Toshkent viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i,

Alibek Yoqubov – Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov bo‘limi boshlig‘i.

Mavzuga oid
Top