19:31 / 09.09.2017
13127

Galiulinning super goli «Tosno»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Foto: Twitter/rfpl

Rossiya premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri o‘ziga xos «o‘zbekcha derbi»ga aylandi. O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod ikki futbolchi to‘p suradigan jamoalar «Tosno» va «Anji» o‘zaro masalaga oydinlik kiritib olish uchun maydonga chiqishdi.

Uchrashuvning dastlabki qismida «Tosno» vakillari hisobni ochgan bo‘lsada, keyinroq «Anji» ikki gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq Vagiz Galiulinning ikkinchi bo‘limda chamasi 25 metrlardan kiritgan goli leningradliklarga bir ochkoni taqdim etdi.

Uchrashuvda «Tosno» tarkibida Galiulin 90 daqiqa davomida to‘p surgan bo‘lsa, Vadim Afonin mehmonlar safida 59 daqiqa harakat qilib, Bakayevga almashtirildi.

Ushbu natijadan keyin «Tosno» hisobidagi ochkolar soni 8taga yetdi va jamoa 12-o‘rinda qoldi. «Anji» esa 7 ochko bilan 14-poonani band etib turibdi

Rossiya Premer-ligasi, 9-tur

Tosno – Anji 2:2 (1:2)
Gollar: Markov (5), Galiulin (63) – Prudnikov (18), Danchenko (25) .
Tosno: Yurchenko, Chernov, Dugalich, Dudiyev (Truyich, 79), Shaxov, Paliyenko, Poletanovich (Troshechkin, 85), Kazayev, Vagiz Galiulin, Zabolotniy, Markov (Nunu Rosha, 67).
Anji: Budakov, Poluyaxtov, Armash, Brizgalov, Tetrashvili, Katsayev (Guliyev, 54), Danchenko (Xubulov, 72), Vadim Afonin (Bakayev, 59), Yakovlev, Markelov, Prudnikov.
Ogohlantirishlar: Poletanovich (80).

Mavzuga oid
Top