07:52 / 09.09.2017
15219

Global isish tufayli Tinch okeanidagi bir nechta orol suv ostiga g‘arq bo‘lgani aniqlandi

Foto: holidaycheck.de

Global isish va u bilan bog‘liq suv sathi ko‘tarilishi tufayli Mikroneziyadagi 8 ta orol Tinch okeani tubiga g‘arq bo‘lgani aniqlandi. Dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan olimlarning ta'kidlashicha, ushbu hodisa bir necha yil davomida sodir bo‘lgan.

Dunyo okeanining sathi har yil o‘rtacha 3 millimetrga ko‘tariladi. Tinch okeanida turli tabiiy omillar tufayli bu ko‘rsatkich yiliga 12 mm ga yetishi mumkin. 2016 yilda bir guruh olimlar tadqiqot o‘tkazishib, Tinch okeanida 5 ta orol yo‘q bo‘lib ketganini aniqlashgan. Ularning barchasi 20-asr o‘rtalarida mavjud bo‘lgan, biroq vaqti kelib suv ostida qolgan.

Olimlar o‘tkazgan yangi tadqiqot Tinch okeanida maydoni 100 kvadrat metrga ega kamida yana 8 ta orol 2007 yildan 2014 yilgacha davr ichida suv ostiga cho‘kkanini ko‘rsatgan. Mutaxassislar buni mahalliy aholi bilan suhbatlar va sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarning qiyosiy tahlili asosida aniqlashgan.

Mavzuga oid
Top