19:49 / 09.09.2017
22310

Qirollik oilasi avtomobillari kimoshdi savdosiga qo‘yildi (suratlar)

Londondagi qirollik oilasi o‘z avtomobillarini sotuvga qo‘ymoqda. Yelizaveta II, malika Margaret, malika Diana va hatto Amerika prezidenti Ronald Reygan turmush o‘rtog‘i bilan o‘tirgan avtomobillar ham shular jumlasidandir. UsedCars shu haqida xabar berdi. 

Foto: usedcars.ru

Ushbu avtomobillar lot sifatida qo‘yilgan kimoshdi savdosi 9 sentabrda, Goodwood Revival festivali doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu - retro-avtomobillar va mototsikllar qatnashuvchi an'anaviy festival.

Ta'kidlash joizki, 2012 yilda Yelizaveta II tomonidan xarid qilingan yashil Bentley Mulsanne ham sotuvga qo‘yiladi. 2014 yilga qadar rasmiy jarayonlar va safarlarda qirolicha ushbu avtodan foydalangan. 

Foto: usedcars.ru

Manbaga ko‘ra, gerb va qirollik raqamlari mashinadan olingan va endi u nazariy jihatdan hech nimasi bilan ajralib turmaydi. Yagona saqlanib qolgan jihati - xotira - avtomobil navigatorida "Uy" belgisi ostida qirolicha istiqomat qiluvchi Vindzor saroyi manzili qayd etilgan. Mashinaning kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich bahosi - 230 ming funt.  

1980 yilda ishlab chiqarilgan, qirollik oilasiga mansub Rolls-Royce Silver Wraith II LWB Saloon esa 120 ming funtga baholanmoqda. Bu mashinada Yelizaveta II'ning 2002 yilda hayotdan ko‘z yumgan singlisi, malika Margaret harakatlangan. Avtomobildan oxirgi marta Margaretning dafn marosimida foydalanilgan. Shunday bo‘lsa-da, turli davrlarda bu avtomobildan yo‘lovchi sifatida foydalanganlar orasida malika Diana, Ronald va Nensi Reygan va Yelizaveta II'ning nomlarini ham qayd etish mumkin. 

Foto: usedcars.ru
Foto: usedcars.ru

Goodwood Revival festivali doirasida taqdim etiladigan yana bir avto - Land Rover Series IIA 4 × 4 Ceremonial Vehicle. Qirolicha Yelizaveta va shahzoda Filipp Shimoliy Irlandiya bo‘ylab safarlarida shu avtomobildan foydalanishgan. 

Foto: usedcars.ru

 

Mavzuga oid
Top