17:59 / 09.09.2017
17926

Misrda fir'avnlar zargarining qabri topildi

Foto: Reuters

Misrda arxeologlar guruhi qadimiy qabrni topishdi. U, taxminlarga ko‘ra, fir'avnlarning zargariga tegishli. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Qabr Nilning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Luksor tumanida topilgan, unda zargar, uning rafiqasi haykali, shuningdek, maxsus niqob aniqlangan. Taxminlarga ko‘ra, zargarlik ishlari ustasi taxminan 3,5 ming yil avval yashagan.

Joriy yilning aprelida Misrda qadimiy mumiyolar topilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top