19:08 / 09.09.2017
8157

Pavel Durov Apple va Google'ga o‘z davlatlarini yaratish g‘oyasini berdi

Foto: 360tv.ru

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Amerikaning Apple va Google texnologik gigantlari AQShga tobe' bo‘lmaslik uchun o‘z davlatlarini yaratishlariga umid bildirdi. Ishbilarmon o‘zining Telegram-kanalida shu haqida ma'lum qildi. 

"Bir kun kelib Apple va Google kabi ulkan kompaniyalar ularning asoschilari missiyasiga ham ta'sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan har qanday hukumatdan mustaqil bo‘la olishini xohlardim. Ehtimol, ular o‘z davlatlarini barpo etishi kerakdir", - deb yozadi Pavel Durov.

Shuningdek, Durov Federal razvedka byurosining u va Telegram'ning boshqa ishlab chiqaruvchilari faoliyatiga aralashishga bo‘lgan urinishlarini yodga oldi. Uning fikricha, aynan Amerika fuqaroligini olmaganligi tufayli u AQSh maxsus xizmatlari bilan hamkorlikdan voz kechishga muvaffaq bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top