22:39 / 09.09.2017
20108

Pxenyanni qush parvozi balandligidan tasvirga olishga muvaffaq bo‘lindi

Singapurlik fotosuratchi Aram Pan Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanni samolyot oynasidan videoga oldi. The Strais Times nashrining ma'lum qilishicha, u suratga olishga ruxsatni may oyida olgan va rolikni o‘sha vaqtdayoq tasvirga tushirib, biroq endigina namoyish etmoqda. 

“Xorijlikka Shimoliy Koreyani osmondan suratga va tasvirga olishga ruxsat berilishi – kamdan-kam uchraydigan zavqdir, biroq buni yengil motorli Piper Matrix PA-46 samolyotidan suratga olish imkoniyati yanada kamroq taqdim qilinadi”, deb izoh bergan fotosuratchi.

Rolikda shahardagi uylar, Tedongan daryosi, yo‘llar va boshqa obektlar, bir nechta harakatlanayotgan avtomobillarni ko‘rish mumkin. Biroq odamlar bunday balandlikdan ko‘rinmagan.

Panning aytishicha, u o‘zining “Shimoliy Koreya 360” loyihasi uchun 2013 yildan beri Shimoliy Koreyada 15 marta bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu loyiha foto, video va virtual reallik vositasida Shimoliy Koreya bilan yaqindan tanishishga imkon beradi.

Mavzuga oid
Top