01:52 / 09.09.2017
15745

Pullar o‘zini oqlamoqda. Mbappe debyut o‘yinidayoq PSJga g‘alaba keltirdi

Foto: Twitter/PSG_English

Fransiya chempionatining 5-turida PSJ "Metts" mehmoni bo‘ldi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:5 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

O‘yinning 31-daqiqasida Kavani hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada River oradagi farqni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 14-daqiqasida PSJ tarkibida debyut o‘yinini o‘tkazayotgan hujumchi Kilian Mbappe PSJni oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Neymar oradagi farqni oshirdi. 75-daqiqada Kavani, 87-daqiqada Lukas Moura kiritgan gollar hisobning yirik bo‘lishini ta'minladi. 

Metts – PSJ 1:5 (1:1, 0:4)
Gollar: 0:1 – 31 Kavani, 1:1 – 37 River, 1:2 – 59 Mbappe, 1:3 – 69 Neymar, 1:4 – 75 Kavani, 1:5 – 87 Lukas Moura.
Metts – Kavasima, Bishevats, Assu-Ekotto, Baliu, Nyaxate, Kafu (Yudol, 61), Filipps, Dossevi, Koad, River (Ngette, 55), Ru (Fernandes, 76).
PSJ –    Areolya, Markinos, Berchiche, Mene, Kimpembe, Draksler, Rabo (Nkunku, 84), Motta (Lo Chelso, 78), Neymar, Mbappe, Kavani (Lukas Moura, 78).
Ogohlantirishlar: Draksler (41).
Chetlatish: Assu-Ekotto (56).

Mavzuga oid
Top