18:16 / 09.09.2017
21797

Ronaldusiz qolgan «Real» yana kutilmagan natija qayd etdi

Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida «Real» o‘z uyida «Levante»ni qabul qilib, kutilmagan ochko yo‘qotdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Ivi Lopes jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Vaskes 36-daqiqada farqni yo‘qqa chiqardi. O‘yin so‘nggi qismida Marselo qizil kartochka olib maydonni tark etdi.  «Real» mag‘lubiyatga uchrashi ham mumkin edi. Biroq omad o‘sha daqiqalarda madridliklarda bo‘ldi.

Ushbu natijadan keyin «Real» hisobidagi ochkolar soni 5taga yetdi va jamoa aynan shuncha ochko to‘plagan «Levante» bilan 4-5 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Ispaniya La-ligasi, 3-tur

Real Madrid – Levante 1:1 (1:1)
Gollar: Vaskes (36) – Ivi Lopes (12).
Real Madrid: Kasilya, Ramos, Nacho, Marselo, Teo, Lorente (Isko, 62), Kroos, Asensio, Vaskes (Kovachich, 72), Karvaxal, Benzema (Beyl, 28).
Levante: Fernandes, Rodriges, Postigo, Tono, Rober, Kampanya, Lerma, Djyeyson, Ivan Lopes (Pedro Lopes, 20), Alegriya (Boateng, 55), Ivi Lopes (Samu, 68).
Ogohlantirishlar: Lerma (45), Alegriya (47), Ramos (54), Boateng (60), Karvaxal (66).
Chetlatish: Marselo (89).

Mavzuga oid
Top