15:29 / 09.09.2017
9599

Saakashvili Ukrainaga 11 yoshli o‘g‘li bilan kelayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Facebook/ Mikheil Saakashvili

Gruziya sobiq prezidenti va Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Polshadan Ukrainaga, Lvov viloyatidagi «Krakovets» chegara o‘tkazish punkti orqali kirib kelayotganini ma'lum qildi.

«Bo‘ldi, biz Krakovetsga, Ukrainaga kirib kelmoqdamiz», - deya yozdi Saakashvili Facebook’dagi sahifasida.

Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, Ukrainaga o‘zining 11 yoshli o‘g‘li bilan kelmoqda.

«Bizni zo‘ravonlik va fitnalar bilan qo‘rqitish kerak emas, men chegaraga 11 yoshli o‘g‘lim bilan qandaydir kutilmagan holatlar bo‘lmasligiga ishongan holda ketmoqdaman», - deya qayd etgan Saakashvili.

Avvalroq Ukrainaning «Batkivshchina» muxolif partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Saakashviliga yordam berishga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.

Top