12:48 / 09.09.2017
34466

Samarqand shahar IIB va 4 viloyatdagi YHXB boshliqlari o‘zgardi

Foto: IIV

IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar qilmoqda.

Xususan, podpolkovnik Erali Bozorov – IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Texnika nazorati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Saydolim Zingirov – Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Zokirjon Qayumov – Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Erkin Qurbonov – Qashqadaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,

kapitan Shamsiddin Usmonov – Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Alisher Abdulhamidov – Namangan viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimiga,

polkovnik Abduaziz Afzaliyev – Samarqand viloyati Samarqand shahar IIB boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Shuhrat Rafiqov – Toshkent shahar Mirobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Shamsiddin Shoyunusov – Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIB boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Ravshanbek Jumaniyozov – Xorazm viloyati Xiva tumani IIB boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Farhod Salayev – Xorazm viloyati Gurlan tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Top