15:54 / 09.09.2017
34603

Shahram G‘iyosov Buxoroda tantanali kutib olindi

Foto: Instagram/GiyasovShaxram

Boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosov ona zamini Buxoroga yetib keldi.                                                                 

Bokschini Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Jamol Nosirov hamda yaqinlari Buxoro viloyat aeroportida tantanali kutib olishdi.

Ta'kidlab o‘tish lozimki, G‘iyosov Germaniyadagi jahon chempionatida oltin medal olgan yagona O‘zbekiston sportchisi hisoblanadi. 

Shuningdek, u muxlislar e'tirofi bo‘yicha musobaqaning eng yaxshi bokschisi, deb tan olindi.

Top